Internetda Edersonning jarohatlangan yuz surati tarqaldi

Aslanov Jasurbek
12 sen 2017
Internet tarmog'ida “Manchester Siti” darvozaboni Ederson Moraesning yuzi aks etgan surat paydo bo'ldi.

Moraes Angliya Premer-ligasining 4-turidan o'rin olgan “Liverpul” klubiga qarshi kechgan uchrashuvda hujumchi Sadio Mane bilan to'qnashib ketgandi. “MS”ning 5:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan o'yinda Ederson jiddiy tarzda jarohat olgan edi.

Xodisa o'yinning 37-daqiqasida ro'y berib, Mane oyog'i bilan Edersonning yuziga tepib yuborgandi. Natijada braziliyalik darvozabon o'yinni yakuniga etkaza olmay zaxiraga olingan edi. 




Aslanov JasurbekMuallif
Manba: