"Inter" yozda "Yuventus"ning 33 yoshli futbolchisi bilan shartnoma imzolamoqchi

Mirjalol Normatov
22 yanv 2022, 00:15
"Inter" "Yuventus"ning o'ng qanot himoyachisi Xuan Kuadradoning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Qayd etish kerak, futbolchining Turin klubi bilan yana yarim mavsumlik shartnomasi qolgan holos.

Milan klubi 33 yoshli futbolchiga mavsumlik 4,5 million evro maoshi bor ikki yillik shartnoma taklif qilmoqda. 

Kolumbiyalik futbolchi 2017 yildan buyon Turin klubi tarkibida o'ynamoqda. Ushbu mavsumda u A Seriyada 20 o'yinda qatnashib, 4 gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal