"Inter" xavbekiga APL top-klublari davogar

Sherzod Nurmatov
22 iyun 2023
Angliyada futbolchiga talab bor.

"Inter" yarim himoyachisi Nikolo Barellaga "Liverpul", "Manchester Yunayted" va "Chelsi" klublari qiziqish bildirmoqda. Bu haqda "La Gazetta dello Sport" xabar bermoqda. 

Har 3 klub ham italiyalikning maoshini ikki baravar oshirishga tayyor.

"Neradzurri" futbolchi bilan xayrlashmoqchi emas. Biroq "qora-ko'klar" 80 mln evro va undan ko'p takliflarni ko'rib chiqishga tayyor.

Barella "Inter" safida 2019 yildan beri to'p tepadi. 26 yoshli xavbek o'tgan mavsum barcha turnirlarda 52 ta o'yinda qatnashib, 9 ta gol va 10 ta assistga mualliflik qildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: La Gazetta dello Sport