"Inter" Vidalning transferini e'lon qildi

Alisher
22 sen 2020, 14:27
Yarim himoyachi Arturo Vidal Italiyaga qaytdi.

"Inter" 33 yoshli chililik futbolchining transferini e'lon qildi. Shartnoma tafsilotlari oshkor etilmayapti, shuningdek transfer narxi ham.

Oldinroq, milanliklar Vidal uchun "Barselona"ga 1 million evro to'lashi haqida xabarlar yangragan edi. 

O'yinchi esa "Inter"da yiliga 6 mln evro maosh olishi ko'zda tutilgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: inter.it