

"El Nacional" xabariga ko'ra, xorvatiyalik futbolchining Madrid klubidagi hozirgi faoliyatidan ko'ngli to'lgan va unga "Santyago Bernabeu"ni tark etish bo'yicha ikkita taklif bor. "Inter" va "Nyukasl" – 37 yoshli yarim himoyachini kuzatib borayotgan va uni La Ligadan uzoqlashtirishga harakat qilayotgan jamoalar.
Modrich 2012 yildan beri "Real"da o'ynab kelmoqda. U jamoaga "Tottenxem"dan o'tdi. Futbolchi ayni vaqtda Madrid klubi safida barcha musobaqalarda 22 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urgan va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Uning kelishuvi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 10 million evroga baholayapti.



