"Inter" va "Chelsi" Lukaku borasida kelishib oldi, lekin futbolchining agenti...

Aziz Tukhtamuradov
15 iyul 2023, 07:16
Romelu Lukakuning agenti futbolchini "Chelsi"dan "Inter"ga o'tishiga halal bermoqda.

"Inter" darvozabon Andre Onanani 50 millionga sotgach, klubda Lukakuni sotib olish uchun etarli pul paydo bo'ldi. 

"Inter" va "Chelsi" futbolchi borasida 35 million evrolik kelishuvga erishishdi. Lekin futbolchining agenti Sebasten Ledur aloqaga chiqmayapti. Lukakuning yakuniy qarorisiz ushbu transfer amalga oshmaydi. 

Ma'lum bo'lishicha, agent o'tgan hafta Lukakuni "Milan" va "Yuventus" jamoalariga taklif qilgan. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport