"Inter" Taremiga taklif yubormoqchi

Оқил Абдубарноев
9 avg 2023
Eronlik hujumchi Mehdi Taremi xizmatlariga birato'la ikki klub - "Inter" va "Tottenxem" davogarlik qilmoqda.

Ma'lum bo'lishicha, "Tottenxem" Taremi uchun "Portu"ga 24 million evro taklif qilishga tayyor, biroq "Inter"ning taklifi biroz kamtarroq - 23 millionni tashkil etadi.

Ayni vaqtda Taremiga "Milan" ham qiziqish bildirmoqda. Biroq "Portu" 30 million evrodan past bo'lgan takliflarni ko'rib chiqmoqchi emas.

Eslatib o'tamiz, eronlik hujumchi 2020 yildan buyon Portugaliyada to'p tepadi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: RMC Sport