

Oldinroq, armanistonlik ftubolchining xizmatlariga "Inter" qiziqish bildirgan edi.
Ma'lum bo'lishicha, nerazurrlar vakillari Genrix Mxitaryan agenti bilan bog'lanishdi. 28 yoshli futbolchi Mino Rayola bilan ishlaydi. Hozircha Mxitaryan "Inter"ga ijaraga o'tishi yoki to'liq transfer bo'lishi noma'lum.
"Manchester Yunayted" rahbariyati yarim himoyachi bilan xayrlashishga tayyor, ammo yaxshigina pul uchun.



