“Inter” “Lacio” yetakchisini sotib olishga harakat qiladi

7 mar 2020, 08:54
Savich faoliyatini Milanda davom ettirishi mumkin.

“Inter” yozgi transferlar vaqtida “Lacio”dan Sergey Milinkovich-Savichni sotib olishga harakat qilib ko'rish niyatida. Savich transferida “Inter” bosh direktori Beppe Marotta asosiy rol o'ynashi kutilmoqda.

Futbolchi joriy mavsum Rim klubi safida 25 ta o'yinda qatnashib, 4 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Calciomercato