"Inter" Kesseni "Barsa"dan tortib olmoqchi

Sherzod Nurmatov
30 noya 2022, 13:07
Italiyaning "Inter" klubi "Barselona" futbolchisi Frank Kesseni ko'proq o'yin amaliyoti berish vadasi bilan o'ziga jalb qilmoqchi.

25 yoshli yarim himoyachi yozda "Milan" bilan shartnomasi tugaganidan keyin Kataloniya klubi safiga borib qo'shilgan edi. "Neradzurri" maydonda doimiy o'yin amaliyotini vada qilib ivuarlik futbolchini Italiyaga qaytarishga umid qilmoqda. Futbolchi garchi Xavi Ernandes uni ushbu mavsumda La Ligada atigi 2 ta o'yinda boshlang'ich tarkibga kiritgan bo'lsa-da, mavsum oxirigacha "ko'k-anorranglilar" tarkibida qolishni afzal ko'rmoqda.

Kot-d'Ivuar terma jamoasi vakili "Barselona" bilan 2026 yil yoziga qadar kuchda bo'ladigan shartnoma imzolagan. Kesse ayni paytda jarohatidan tuzalish jarayonidan bo'lib, u 14 dekabrda safga qaytishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Calciomercato