"Inter" Germaniya yoshlar terma jamoasi a'zosini sotib oldi

Omonjon To`xtamirzayev
3 iyul 2023
"Inter" "Orxus" markaziy himoyachisi Yann Aurel Bissekni tarkibiga qo'shib oldi.

Daniya klubi matbuot xizmatining xabar berishicha, "Inter" 22 yoshli futbolchining shartnomasidagi "tovon puli" bandini ishga soldi.

Ma'lum bo'lishicha, Bissek Milan klubi bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha kelishib oldi. "Inter" futbolchi uchun ikkiga bo'lib 7 mln evro to'lab beradi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sport24