“Inter” Eriksenni qanchaga sotmoqchiligi ma'lum, u APLga qaytishi kutilmoqda

Eldor Akmurzayev
25 noya 2020, 20:40
“Neradzurrilar” yarim himoyachisi Kristian Eriksen qishki transfer oynasida jamoasini o'zgartirishi mumkin, deya xabar beradi ESPN.

Manbaga ko'ra, “Inter” daniyalikni 16 mln evroga sotishni rejalashtirmoqda. Qayd etilishicha, “Inter” bu borada “Arsenal” bilan dastlabki kelishuvga erishgan.

Eriksen 2020 yil boshida “Tottenxem”dan milanliklar tarkibiga kelib qo'shilgandi. Xavbek joriy mavsum klub libosida 7 o'yinda qatnashib, birorta ham samarali natija ko'rsatolmadi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: ESPN