"Inter" "Chelsi" futbolchisi bilan kelishib oldi

Mirjalol Normatov
19 apr 2020, 16:11
"Chelsi" hujumchisi Olive Jiru Italiyaga ketishga yaqin turibdi.

"Tuttosport" xabariga ko'ra, "Inter" Jiru bilan kelishib olgan. Fransiyalik forvard ushbu mavsum yakunlanganidan keyin "aristokratlar" tarkibini erkin agent sifatida tark etadi va Milan klubi bilan 2+1 ko'rinishidagi shartnomaga imzo chekadi.

Ushbu mavsumda 33 yoshli Jiru "Chelsi" tarkibida 9 o'yinda qatnashdi va 2 gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Tuttosport