"Inter" 5 nafar futbolchi jamoadan ketganini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
2 iyul 2024, 19:41
Futbolchilar Milan klubini tark etishdi.

"Inter" o'zining rasmiy saytida 5 nafar futbolchi bilan xayrlashganini e'lon qildi. Ushbu ro'yxatga Emil Audero, Stefano Sensi, Devi Klassen, Xuan Kuadrado va Aleksis Sanches kiritilgan.

Barcha futbolchilar "neradzurri"ni bepul tark etishdi. Ular erkin agentga aylanishdi.

Ma'lumki, yarim himoyachi Petr Zelinski va hujumchi Mehdi Taremi "qora-ko'klar" safiga tekinga kelib qo'shiladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: inter.it