Ins Koutinoning ketgani "Liverpul"ning foydasiga ishlaganini aytdi

Mirjalol Normatov
17 iyun 2018, 16:29
"Liverpul"ning sobiq futbolchisi Pol Ins Filippe Koutinoning "Barselona"ga o'tgani Mersisayd jamoasiga foydali bo'lganini aytdi.

"Koutino ketganida ko'pchilik "Liverpul" uchun barchasi tamom bo'ldi deb o'ylagandi. Biroq Klopp Filippening ketishi jamoaga foydali bo'lganini ko'rsatib berdi.

Koutino ketganidan keyin "Liverpul" oldinga katta qadam tashladi va futbolchilar shunday deyishdi: "Jamoa uniki emas, endi barchamiz javobgarlikni o'z bo'ynimizga olamiz", - dedi Ins.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal