Ingliz nashri Messini dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb atadi

Aslanov Jasurbek
22 dek 2017, 18:14
Britaniyaning The Guardian nashri sayyoramizning eng yaxshi 100 futbolchisi reytingini tuzib chiqdi.

63 mamlakatdan 169 ekspert qatnashgan so'rovnomada "Barselona" hujumchisi Lionel Messi birinchi o'rinni egalladi. Argentinalik 6582ta ovoz yig'di.

Eng yaxshi futbolchilar o'nligi:

1. Lionel Messi (Barselona)
2. Krishtianu Ronaldu (Real)
3. Neymar (PSJ)
4. Kevin De Bryoyne (Manchester Siti)
5. Garri Keyn (Tottenxem Xotspur)
6. Luka Modrich (Real)
7. Robert Levandovski (Bavariya)
8. Kilian Mbappe (PSJ)
9. Toni Kroos (Real)
10. Eden Azar (Chelsi).

Messi bu reytingda to'rtinchi marta (2012, 2013, 2015, 2017) g'olib bo'ldi. Ronaldu esa bu ro'yxatda ikki marta (2014, 2016) yetakchi bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia