Inesta unga yiliga 35 mln. evro taklif qilgan Xitoy klubi taklifini rad etdi

Aslanov Jasurbek
18 mar 2017, 13:55
"Barselona" yarim himoyachisi Andres Inesta ikki Xitoy klubidan taklif oldi.

Takliflardan biri moliyaviy jihatdan katta foyda keltirishi mumkin edi, chunki ispaniyalikka 35 mln. evrolik maosh vada qilishgan. Bundan tashqari, unga qo'shimcha ravishda quyidagi imkoniyatlar yaratildi: masalan, Inesta faqat uy uchrashuvlarida ishtirok etishi mumkin.

Futbolchining poziciyasiga qaramasdan, Xitoy klubi rahbariyati Inestani xarid qilish fikridan voz kechmayapti.

Oldinroq Inesta Kataloniya klubi bilan shartnomani 2 yilga uzaytirishi e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS