

“Argentina terma jamoasida a'lo darajadagi futbolchilarga ega va fikrimcha, ularda dunyoning birinchi raqamli futbolchisi ham bor. Ular muvaffaqiyat qozona olmadi, lekin, JCH-2014 finalini olaylik, barchasini mayda detallar hal etdi. Kichik vaziyatlar muvozanatga ta’sir o'tkazishi mumkin. Argentina va Germaniya boshqa kuni o'ynaganda, vaziyat o'zgacha bo'lish ehtimoli ham bor edi.
“Barselona”da ham xuddi shunday. To'rt marta Chempionlar Ligasida zafar quchdik, ammo jamaomiz va unda Messi borligini inobatga olgan holda albatta ko'proq titul qo'lga kiritishimiz zarur edi. Bu futbol. Raqiblar ham juda yaxshi”, deydi ispaniyalik xavbek.


