Indzagi “Yuventus”ni boshqarishga rozi bo'ldi

21 may 2019, 09:58
“Lacio” ustozi Turin klubiga o'tishga rozi bo'ldi.

O'tgan hafta turinliklar sport direktori Fabio Paratichi “Lacio” ustozi Simone Indzagi bilan muzokara olib borgan. O'z navbatida 43 yoshli mutaxassis “Yuventus”ni boshqarishga rozilik bergan.

Indzagining “Lacio” bilan shartnomasi 2020 yil yozida tugardi. U rimliklar bilan joriy mavsum Italiya Kubogini yutdi. 

Qayd etish kerak, Turin klubi “Chelsi” ustozi Mauricio Sarri bilan ham muzokara olib borayotgani haqida xabarlar ham bor.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports Italia