Ilichich - Messi va Ronaldudan keyin YCHLda bunday natijani qayd etgan yagona futbolchi

11 mar 2020, 08:21
“Atalanta” ikki o'yin natijasiga ko'ra YCHL 1/8 finali doirasida “Valensiya”ni 8:4 hisobida taslim qildi.

Bergamo klubi safida Yosip Ilichich “Valensiya” darvozasiga ikkita o'yinda 5 ta gol urdi. Bu orqali 32 yoshli hujumchi YCHL tarixiga kirdi. Ilichichdan oldin faqat ikki futbolchi YCHL pley-offining ikkita o'yinda iborat qarama-qarshiligida 5 tadan ko'proq gol urgan.

Jumladan, 2011/12 yilgi mavsum “Barselona” vakili Leo Messi “Bayer” darvozasiga 6 ta, Krishtianu Ronaldu esa “Real” safida 2016/17 yilgi mavsum “Bavariya” darvozasiga 5 ta gol urgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta