Ilhom Shomurodovning oyog'iga gips qo'yildi

Narzulla Saydullayev
13 sen 2013, 21:46
Ming afsuski, "Nasaf" jamoasining keyingi paytlarda birin ketin o'yinchilari safdan chiqa boshladi.
Bugun mohir hujumchimiz Ilhom Shomurodov o'yinda jarohat olib o'yinni erta tark etishga majbur bo'ldi. Hozirgi kunda jamoaning jarohatlari tufayli besh nafar o'yinchisi vaqtinchalik safdan chiqqan bo'lsa, bugun ularning safiga Ilhom Shomurodov ham qo'shildi.

Bizga ma'lum bo'lishicha Ilhom Shomurodov stadiondan to'g'ri kasalxonaga jo'natilgan va u yerda uning oyog'iga shifokorlar gips qo'yishgan. Ilhomning oyoq suyaklariga shikast etmagan, balki oyog'ining paylariga shikast etgan bo'lishi mumkin. Uni 19-turda "Paxtakor" jamoasiga qarshi o'yinda maydonga tusha olmasligi aniq. Ammo jamoa shifokorlarining sai harakatlari bilan u O'zbekiston Kubogi finaligacha sog'ayib ketishi mumkinligi ehtimoli bor.

Bugun yana ma'lum bo'ldiki, jamoamizning yosh va iqtidorli himoyachilaridan Shuhrat Muhammadiev ham "Lokomotiv" bilan o'yinga tayyorgarlik payti jarohat olgan shuning uchun u bugun maydonga tusha olmadi. Uning ham Kubok finaligacha sog'ayib o'z jamoasiga yordam berishi kutilmoqda, ammo u ham "Paxtakor" bilan bo'ladigan o'yinda maydonga tusha olmasligi mumkin.

Mana shunday jarohatlar tufayli bugun jamoaning o'yini ko'ngildagidek chiqmadi. Ayniqsa Shohruh Gadoev va Shuhrat Muhammadievlarning o'rni uchrashuvda juda bilindi. Bu albatta guvoh bo'lganingizdek o'yin natijasiga ham o'z ta’sirini ko'rsatmasdan qolmadi.

"Nasaf" jamoasi jarohatlar iskanjasida qoldi. Ushbu holat keyingi o'yinlarga juda salbiy ta’sir ko'rsatishi mumkin, zero ushbu o'yinchilar jamoa yutuqlariga juda katta yordam berishayotgan edilar.

Nailoj umid qilamizki, jamoa murabbiylar shtabi ushbu vaziyatdan ham chiqib ketish choralarini topishadi. Oldimizda yana muhim o'yinlar kutib turibdi.

Jarohat olgan o'yinchilarni tezroq sog'ayishib, maydonga qaytishlarini intizorlik bilan kutib qolamiz.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: voha.uz