

OFK Qatar poytaxti Doxa shahrida davom etayotgan U-23 yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati chorak final uchrashuvlarini boshqarib boradigan hakamlar nomini e'lon qildi. Unga ko'ra, mezbon – Qatar hamda KXDR olimpiya terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvni o'zbekistonlik Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Takidlash joiz, mazkur musobaqada Tantashevga qanotda o'zbekistonlik boshqa bir FIFA laynsmeni Jahongir Saidov yordam bermoqda.
Ma'lumot uchun, Qatar poytaxti Doxa shahrida davom etayotgan Osiyo chempionati chorak final uchrashuvlariga 22 yanvar kuni start beriladi.



