Ilgiz Tantashev brigadasi Olimpiada 3-turida ishlaydi

Omonjon To`xtamirzayev
29 iyul 2024
Ilgiz Tantashev boshchiligidagi vakillarimiz Olimpiada o'yinlari guruh bosqich 3-tur doirasidagi o'yinda ishlaydi.

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Fransiya poytaxti Parij shahrida Olimpiada bahslari bo'lib o'tmoqda. Ushbu musobaqaning futbol sport turi doirasida Paragvay - Mali uchrashuvida Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlarimiz ish olib boradi. 

Mazkur bahs 31 iyul kuni Toshkent vaqti bilan 00:00 da start oladi.

Ilgiz Tantashevga qanotlarda Andrey Sapenko hamda Timur Gaynullin yordam beradi.

Vakillarimizga ushbu uchrashuvda omad tilaymiz!


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: uzfhm