Iker Kasilyas: "Ko'p narsa yaxshi start olishimizga bog'liq"

Aziz Tukhtamuradov
24 may 2014, 10:01
Ispaniya terma jamoasi darvozaboni Iker Kasilyas o'zlari ishtirok etayotgan guruh juda kuchli ekanligini aytib o'tdi.

"Ispaniya judayam qiyin guruhga tushgan. Biz o'ziga kamida pley-offni maqsad qilgan terma jamoalarga qarshi o'ynaymiz. Gollandiyaku, umuman, turnir favoriti hisoblanadi.

Lekin biz ham JCHga kerakli tayyorgarliklarni ko'rib boramiz. Dastlabki o'yinda yaxshi natija ko'rsatsak ko'p narsaga erisha olishimiz mumkin", - deydi Kasilyas.


Eslatib o'tamiz, Ispaniya B guruhida Gollandiya, Chili va Avstraliyaga qarshi maydonga tushadi.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru