Iker Kasilyas faoliyatini yakunladi. U prezident bo'ladi

18 fev 2020, 22:56
"Portu" prezidenti Jorje Pintu da Koshta darvozabon Iker Kasilyas Ispaniya Futbol Federatsiyasi prezidentligiga o'z nomzodini qo'yishdan avval faoliyatini tugatganini e'lon qildi.

"Kasilyas nomzodini e'lon qilishidan oldin Portuga keldi. Tushlik qilayotganimizda u faoliyatini yakunlashga qaror qilganini aytdi. Men juda xursand bo'ldim. Uning klubga bo'lgan munosabatidan ta’sirlandim.

U butun faoliyati davomida yorqin taasurotlar qoldirdi va o'zini ikki klubga bag'ishladi – "Portu" va "Real". U kuchli inson. Biz uni sog'inamiz", – dedi Pintu da Koshta.

Kasilyas Ispaniya qirollik federatsiyasining rahbari bo'lishi mumkin

O'xshash yangiliklar


Manba: El Chiringuito