Ikardining xotini uni "Monako"ga o'tayotgani borasidagi xabarni inkor etdi

19 avg 2019, 19:35
"Inter" forvardi Mauro Ikardining rafiqasi va agenti Vanda Nara "Monako"ga o'tishi mumkinligi xususidagi ma'lumotni rad etdi.

"U "Monako"ga o'tmaydi", - deya e'lon qildi Nara.

TyC Sports nashrining ma'lumot berishicha, "neradzurrilar" 26 yoshli argentinalik hujumchinin boshqa xorijiy klubga sotishni istamoqda. Ikardining o'zi esa Italiyada qolib, "Yuventus"ga o'tmoqchiligini bildirgan.

Avvalroq, "Monako" Ikardi uchun 65 mln evro to'lashi va futbolchining yillik maoshini 12 mln evro qilib belgilashi haqida xabar tarqagandi. 

O'xshash yangiliklar


Manba: tycsports.com