Ikardi uchun mavsum yakunlanishi mumkin

Mirjalol Normatov
24 fev 2019, 16:18
"Inter" forvardi Mauro Ikardi tizzasini operaciya qildirmoqchi.

"Football Italia" xabariga ko'ra, agarda jarrohlik amaliyoti o'tkazilsa, futbolchi bu mavsum o'yinlarda boshqa qatnashmaydi. Futbolchining keyingi tibbiy tekshiruvi 7 mart kuni o'tkaziladi.

Qayd etilishicha, Ikardi og'riq qoldiruvchi ukollar yordamida o'tgan bir necha o'yinlarda maydonga tushgan.

U bu mavsumda jamoasi tarkibida 15 gol urdi va 3 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia