Ikardi qaydnomadan joy olmadi

“Inter” klubi Yevropa ligasi 1/16 finalida “Rapid”ga qarshi maydonga tushishi mumkin bo'lgan futbolchilar ro'yxatini e'lon qildi.

Jamoa yetakchisi va sardori Mauro Ikardi o'yin qaydnomasidan joy olmadi. “Inter” ushbu qarorga izoh bergani yo'q.

Bugun Ikardi jamoa sardorligidan mahrum qilinganligi va endilikda Samir Xandanovich jamoani sardor sifatida maydonga olib tushishi haqida xabarlar chiqqandi.


Manba: "Интер" клуби расмий Твиттер саҳифаси