Ikardi mojarosi davom etadi. Mauro "Inter" qaydnomasiga kiritilmadi

Aslanov Jasurbek
21 fev 2019
"Inter" murabbiylar shtabi "Rapid"ga qarshi bo'ladigan Yevropa ligasi 1/16 final javob o'yini uchun 19 kishilik qaydnomani e'lon qildi.

Tarkibga argentinalik forvard Mauro Ikardi kiritilmadi.

Ikardi ushbu jamoalar o'rtasidagi ilk o'yinda (1:0) ham ishtirok etmagan edi

Eslatib o'tamiz, futbolchining xotini Vanda Nara klubni tanqid qilgandi. Ikardi bunga izoh berishni istamagani uchun sardorliq bog'ichidan ayrildi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: inter.it