

"Bu yomon natija, chunki Chempionlar ligasi joyi uchun kurashda imkoniyatimiz kamaydi. Bugun hujum yakunlashda aniq o'ynay olmadik. Hisobni 2:1 qilishim mumkin edi. Muxlislarimizni xafa qilganimiz uchun uzr so'rayman, chunki to'la tribunalarni ko'rish juda yoqimli. Bunday bahsda ochko yo'qotish alamli.
Biz Pioliga ishonamiz. U katta ishni bajardi va buni yaxshi bilamiz" - deydi Ikardi.



