Iguain "Yuventus" bilan shartnomani bekor qilishga tayyor

Alisher
10 avg 2020, 18:50
Argentinalik futbolchi Turin klubidan ketadimi?

"Yuventus" hujumchisi Gonsalo Iguain Turin jamoasidan ketishga tayyor. Bu haqda italyan matbuoti xabar bermoqda.

Argentinalik tez orada "Yuve" bilan tuzgan shartnomasini bekor qiladi. Iguain kompensaciya sifatida yarim yillik maoshini so'ramoqda.

Futbolchi joriy mavsum "Yuventus" safida barcha musobaqalarda 44ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 6ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: gazzetta.it