Igor Taran Gennadiy Krasnickiy nomidagi to'purarlar klubiga a'zo bo'ldi

Narzulla Saydullayev
21 avg 2015, 18:27
Igor Taran bu yil O'zbekiston chempionati va kubogidagi gollari sonini 100taga etkazib oldi va “Gennadiy Krasnickiy nomidagi to'purarlar klubiga” a'zo bo'ldi.
2005 yildan buyon oliy ligada o'ynab kelayotgan Taran bugun "Dinamo"ga qarshi o'yinda o'zining yubiley golini urdi.

Hujumchi oliy ligada "Andijon", "Bunyodkor" va "Nasaf" kabi klublarda faoliyat olib borgan.

Taran oliy ligada hozirga qadar 76ta gol urgan. O'zbekiston kubogi, OFK kubogi va OCHL doirasidagi bahslarda 24 bor to'p kiritgan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia