Igor Shkvirin: "Fevral oyida Turkiyaga boramiz"

Narzulla Saydullayev
9 yanv 2014, 11:08
Axborot hamkorimiz hisoblangan "Futbol Ekspress" gazetasi muxbiri "Olmaliq" ustozi Igor Shkvirindan intevryu oldi.
Quyida ushbu suhbatning asosiy qismi bilan tanishib olish mumkin.

"Ikkinchi yig'inni 4 yanvar kuni Toshkentda boshladik. 16 yanvarga qadar shu yerda shug'ullanamiz. Undan keyin Olmaliqqa qaytib tayyorgarlikni o'zimizda davom ettiramiz. Tarkibimizda juda ko'plab futbolchilar bor. Ularning ko'pchiligi ko'rikdan o'tishmoqda. Toshkentda bir qator nazorat o'yinlarini o'tkazamiz. Uchinchi yig'inni ham Olmaliqda o'tkazamiz. Boisi o'z qarorgohimizda ham tayyorgarlik ko'rish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Agar o'rtoqlik o'yinlarini o'tkazmoqchi bo'lsak Toshkentga kelib ketamiz. Bundan tashqari bu yil xorijda ham o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazishni rejalashtirayapmiz. Shu bois fevral oyida Turkiyaga boramiz. Asosiy tarkib Turkiyaga ketganda o'rinbosarlarimiz PFL kubogida ishtirok etishi mumkin".

"Olmaliq"ning bu yilgi maqsadi o'tgan yilgi o'rindan past natija qayd etmaslik. Yani, 5-pog'onadan pastga tushish niyatimiz yo'q. Shuning uchun hozirdan puxta tayyorgarlik ko'rayapmiz", - deydi Igor Shkvirin.
 
B.Tursunov suhbatlashdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia