Igor Sergeev: "Qozog'iston gol urishga imkon bergandi. Rossiya esa..."

Sherzod Nurmatov
21 noya 2022, 12:28
O'zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeev Rossiyaga qarshi uchrashuvdan so'ng fikrlarini bildirib o'tdi.

"Bu jamoa bilan birinchi marotaba to'qnash keldik. Barcha futbolchilarda charchoq borligi yaqqol ko'zga tashlandi, chunki mavsum yakuniga etdi. Klubdan kelib, darhol maydonga tushganlar bor. Muhimi, yutqazmadik. Yutishni istagandik, lekin o'xshamadi. Ishlashda davom etamiz. O'yindan ijobiy taassurot qoldi.

Hujumlarni yakunlash yetishmadi, deb o'ylayman. Bu yuqorida aytganimdek, charchoq bilan bog'liq. Qozog'iston gol urishga imkon bergandi. Rossiya himoyada yaxshi harakat qildi. Bo'sh xududlarni yopdi. Bu ikki o'yinni solishtirmagan bo'lardim", – dedi Igor Sergeev.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia