Igor Golban peshqadamlar safida paydo bo'ldi

20 fev 2018, 21:50
"Nasaf"ning rossiyalik markaziy himoyachisi Igor Golban Osiyo chempionlar ligasida ajoyib natija qayd etmoqda.

Igor Golbanning "Al Vasl" darvozasiga kiritgan g'alaba to'pi uning OCHLdagi umumiy hisobdagi 3-goli sifatida qayd etildi.

Bunga qadar Golban "Al Hidd" hamda "Al Faysali" jamoalari darvozasini bosh bilan nishonga olgandi. Shu tariqa himoyachi "Nasaf"ning OCHLdagi to'purarlari sanalgan Ilhom Shomurodov, Artur Gevorkyan va Bobir Abdixoliqovga gollar bo'yicha yetib oldi. Uchala futbolchi hisobida bugunga qadar 3tadan gol mavjud edi va ular "ajdarlar"ning OCHLdagi to'purarlari hisoblanishadi. Endi bu ro'yxatga Igor Golban ham qo'shildi.

Qizig'i, Golbanga OCHLda 3ta gol urish uchun 5 uchrashuv kifoya qildi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia