

- Avvalo barchani g'alaba bilan tabriklayman. O'yinga qo'yilgan vazifani bajardik. Qo'lga kiritilgan uch ochkodan juda xursandman. "Al Nasr"ga qarshi muhim uchrashuv haqida? Bizni oldinda har doim muhim o'yinlar kutib turadi. Chunki o'z oldiga yuqori maqsad va vazifalarni qo'yadigan jamoa har bir bellashuvga jiddiy yondoshib, muhim bahsga tushgandek harakat qilmog'i zarur. Shundagina kerakli natijalarni qo'lga kiritish mumkin. "Loko" uchun har bir uchrashuvning qiymati yuqori.



