IFFHS yilning eng yaxshilarini aniqladi

Aslanov Jasurbek
4 yanv 2016, 15:01
Xalqaro futbol tarixi va statistika federatsiyasi (IFFHS) yilning eng yaxshilarini aniqladi.

IFFHS rasmiy saytining ma'lumotlariga ko'ra, "Barselona" hujumchisi Lionel Messi 2015 yilning eng yaxshi pleymeykeri deb topildi. U 168 ta ovoz to'pladi. 


IFFHS reytingiga ko'ra yilning eng yaxshi 10 pleymeykeri:

1 - Lionel Messi (Argentina / Barselona) 168 ovoz
2 - Andres Inesta (Ispaniya / Barselona) 91 ovoz
3 - Andrea Pirlo (Italiya / Yuventus / Nyu-York Siti) 54 ovoz
4 - Eden Azard (Belgiya / Chelsi ) 22 ochkov
Kevin De Bryuyne (Belgiya / Volfsburg / Manchester Siti) 22 ovoz
6 - Yaya Ture (Kot-d'Ivuar / Manchester Siti) 13 ovoz
7 - Toni Kroos (Germaniya / Real) 11 ovoz
Luka Modrich (Xorvatiya / Real) 11 ovoz
9 - Xamesms Rodriges (Kolumbiya / Real) 10 ovoz
Xaver Pastore (Argentina / PSJ) 10 ovoz


Yilning eng yaxshi murabbiyi nomiga "Barselona" ustozi Luis Enrike sazovor bo'ldi. U 165 ta ovoz to'plashga erishdi. Luis Enrike 2015 yilda Kataloniya klubi bilan Chempionlar ligasi, Ispaniya chempionati, Ispaniya Kubogi, klublar o'rtasidagi jahon chempionatida zafar quchdi.


IFFHS reytingiga ko'ra yilning eng yaxshi 10 murabbiyi:

1 - Luis Enrike (Barselona / Ispaniya) 165 ovoz

2 - Xosep Gvardiola (Bavariya / Ispaniya) 86 ovoz

3 - Massimiliano Allegri (Yuventus / Italiya) 43 ovoz

4 - Unai Emeri (Sevilya / Ispaniya) 39 ovoz

5 - Marselo Galyardo (River Pleyt/ Argentina) 33 ovoz

6 - Karlo Anchelotti (Real / Italiya) 19 ovoz

7 - Simeone Diego (Atletiko / Argentina) 12 ovoz

8 - Diter Xekking (Volfsburg / Germaniya) 6 ovoz

9 - Loran Blan (PSJ/ Fransiya) 5 ovoz

10- Miron Markevich (Dnepr / Ukraina)  4 ovoz


IFFHS yilning eng yaxshi hakami deb - Nikol Riccolini e'lon qildi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia