IFFHS so'nggi 10 yillikdagi eng yaxshi klub murabbiyini e'lon qildi

Alisher
12 yanv 2021, 17:07
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone so'nggi 10 yillikda Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) talqini bo'yicha eng kuchli mutaxassis deb topildi.

Argentinalik 2011-2020 yillar davomida "Atletiko" bilan Ispaniya chempionligi, Kubogi, mamlakat Superkubogi, ikki bor Yevropa Ligasi va ikki bor UEFA Superkubogini boshi uzra baland ko'tardi, shuningdek u Madrid jamoasi bilan Chempionlar Ligasi finaliga ikki bor chiqdi.

Ikkinchi o'rinni "Manchester Siti" ustozi Xosep Gvardiola, uchinchi o'rinni "Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp egalladi.


1. Diego Simeone

2. Xosep Gvardiola

3. Yurgen Klopp

4. Joze Mourinyo

5. Massimiliano Allegri

6. Unai Emeri

7. Zinedin Zidan

8. Karlo Anchelotti

9. Maurisio Pochettino

10. Marselo Galyardo

11. Antonio Konte

12. Klaudio Raneri

13. Aleks Fergyuson

14. Luis Enrike

15. Yupp Xaynkes

16. Ernesto Valverde

17. Arsen Venger

18. Leonardu Jardim

19. Djessi Marsh

20. Loran Blan

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: IFFHS