Ibraima Sissoko faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin

Aslanov Jasurbek
30 okt 2019
Fransiyaning "Strasbur" klubi yarim himoyachisi Ibraima Sissoko faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.

"Nyukasl" klubi Sissoko uchun 15 mln evro sarflashni rejalashtirmoqda. The Sun nashri ma'lumotlariga qaraganda, Nyukasl transfer borasida kelishuvga erishishga yaqin, "Strasbur" bilan shartnoma yanvar oyida imzolanadi.

Takidlash lozimki, 21 yoshli fransiyalik futbolchi joriy mavsum "Starsbur" klubi safida 9 ta uchrashuvda maydonga tushishga ulgurdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Sun