Ibragimovich yozda faoliyatini yakunlashi mumkin

22 mar 2020, 07:28
“Milan” hujumchisi Zlatan Ibragimovich joriy mavsum yakunida futbolchilik faoliyatini yakunlashi mumkin.

38 yoshli shvetsiyalik hujumchi katta ehtimol bilan butsilarini mixga osadi, deya hisoblamoqda La Gazzetta dello Sport.

Futbolchi A seriyaga qaytgach, “Milan” safida 8 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Milan” 26 ochko bilan A seriya turnir jadvalida 7-pog'onada bormoqda.

Ilgariroq “Milan” rahbariyati futbolchi bilan shartnomani 2021 yilga qadar uzaytirishi mumkinligi haqida xabarlar tarqatilgandi. Futbolchining o'zi esa “Milan” tarkibi yanada kuchaytirilishi tarafdori.

Ibragimovich faoliyati davomida “Ayaks”, “Yuventus”, “Inter”, “Barselona”, “Manchester Yunayted” singari klublarda to'p tepgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: La Gazette Dello Sport