Ibragimovich “Verona”ga qarshi maydonga tusholmaydi

2 fev 2020, 09:58
“Milan”ning shvetsiyalik hujumchisi Zlatan Ibragimovich jamoasining A seriya 22-turida “Verona”ga qarshi o'yinidan ishtirok etolmaydi.

“Simon Ker va Zlatan Ibragimovich so'nggi kunlarda biroz sog'liqlar bilan bog'liq muammolarga duch kelishdi. Shu bois tarkibimizda yo'qotishlar bor. Ammo biz bahsga tayyormiz. Keyingi haftadan Lukas Bilya ham yarim himoyamizdagi bo'shliqni to'ldiradi”, deya “Milan” murabbiyi Stefan Piolining so'zlaridan iqtibos  keltirmoqda “Milan” rasmiy sayti.

“Milan” va “Verona” o'rtasidagi bahs bugun 2 fevral kuni bo'lib o'tadi. O'yin soat 15:00da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: "Милан" расмий сайти