Ibragimovich uchta o'yinga diskvalifikaciya qilindi

Narzulla Saydullayev
7 mar 2017, 20:35
Manchester Yunayted hujumchisi Zlatan Ibragimovich Angliya futbol assotsiatsiyasi tomonidan qo'yilgan ayblovni qabul qildi.

Futbolchi uchta o'yinni diskvalifikaciya tufayli o'tkazib yuboradi va jarima to'laydi. Bornmutga bilan o'yinda Tayron Mingz Ibragimovichning boshini bosib o'tib ketgandi. Zlatan keyinroq uning yuziga tirsagi bilan zarba bergandi.

Hujumchi APL doirasidagi Sautgempton va Midlsbro, Angliya kubogi doirasidagi Chelsiga qarshi bahslarda ishtirok eta olmaydi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: thefa.com