Ibragimovich: “U menga “chaqiruv” tashlashga jurat etdi"

Eldor Akmurzayev
24 sen 2020
Avvalroq, “Milan” hujumchisi Zlatan Ibragimovich koronavirusga chalingani haqda xabar bergandik. Uning o'zi bunga izoh berdi.

“Kecha koronavirusga topshirgan testim salbiy chiqqandi, bugun esa – ijobiy. Hech qanday alomatlar yo'q edi. Koronavirus menga “chaqiruv” tashlashga jurat etdi. Yomon fikr”, deya tvit qoldirgan Zlatan.


Infekciya sabab 38 yoshli hujumchi Yevropa Ligasi saralashi doirasida bo'lib o'tadigan “Budyo-Glimt” (Norvegiya)ga qarshi bahsda qatnasha olmaydi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/Ibra_official