
"Kutganimizdek, o'yin oson bo'lgani yo'q. Moldaviya terma jamoasi yaxshi himoyalandi va birinchi bo'limda tartibli o'yin ko'rsatdi. Maydondagi vaziyatni gol o'zgartirdi. Raqib muvozanatni tiklashga urindi va bizda qarshi hujumlar uchun yaxshi imkoniyatlar paydo bo'ldi.
O'z maqsadimizga erishdik - g'alaba qozondik va uch ochkoga ega bo'ldik. Penaltiga keladigan bo'lsak o'sha vaziyatni eslay olmayman" - deydi Ibragimovich.