Ibragimovich "Milan"ga ijobiy javob berdi

Mirjalol Normatov
23 avg 2020, 18:10
38 yoshli shved "Milan"da qoladi.

Hujumchi Zlatan Ibragimovich "Milan" bilan shatnomasini uzaytirishga yaqin turibdi.

Jurnalist Nikolo Skira bergan ma'lumotga qaraganda, tomonlar shartnoma shartlari borasida kelishib olishgan. Unga ko'ra, futbolchi yana bir mavsum davomida "Milan" tarkibida qoladi va yiliga 6 mln evro maosh oladi.

Eslatib o'tamiz, Ibragimovich shu yilning yanvar oyida "Milan"ga qaytgandi. U "rossoneri" tarkibida 20 o'yinda qatnashib, 11 gol va 5 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal