Ibragimovich "Milan" menejeri lavozimini egallashi mumkin

Sherzod Nurmatov
7 noya 2023
Sobiq futbolchi Zlatan Ibragimovich "Milan"ga qaytish ehtimoli yuqori.

Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar qildi.

Manbaning xabariga ko'ra, 42 yoshli shvetsiyalik Milan klubi rahbariyatida ishlashi mumkin. Xabar qilinishicha, u asosiy jamoaning bosh menejeri bo'ladi.

Ibragimovich 2010 yildan 2011 yilgacha va 2020 yildan 2023 yilgacha "Milan"da o'ynagan. Forvard "Milan" bilan birga 2011 va 2022 yillarda Italiya chempioniga aylangan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira