Ibragimovich "Milan" bilan shartnomasini uzaytiradi

Mirjalol Normatov
31 iyul 2020, 00:17
Hujumchi Zlatan Ibragimovich "Milan" bilan shartnomasini uzaytiradi.

"La Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, muzokaralar hali boshlanmagan, lekin tomonlarning shartnomani uzaytirish extimoli juda katta. Bunga asosiy sabab sifatida Stefano Piolining kelasi mavsumda jamoani boshqarishi aniq bo'lgani aytilmoqda.

Yaqin kunlarda tomonlar uchrashib, shartnomani uzaytirishi kutilmoqda.

38 yoshli futbolchining "Milan"dagi yillik maoshi 4 mln evroni tashkil qiladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport