Ibragimovich ketma-ket 23 yildan beri gol urib kelmoqda

Alisher
19 yanv 2021
"Milan" forvardi Zlatan Ibragimovich A Seriya 18-tur doirasidagi "Kalyari" (2:0)ga qarshi o'yinda dubl qayd etdi.

Bular futbolchi uchun 2021 yildagi ilk gollar bo'ldi.

Zlatan ketma-ket 23 yildan beri gol urib keladi. Shved ilk bor 1999 yilda rasmiy darajada gol urgan edi.

39 yoshli forvard joriy mavsum barcha musobaqalarda 13ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol va 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Bleacher Report