Ibragimovich Ispaniyaga qaytishini e'lon qildi

Alisher
29 okt 2019
"Los Anjeles Gelaksi" forvardi Zlatan Ibragimovich Ispaniyaga qaytishini e'lon qildi.

- Salom, Ispaniya! Topingchi nima? Men qaytmoqdaman! - deb yozgan Ibragimovich o'zining "Instagram" sahifasiga qo'ygan videosida.

Eslatib o'tamiz, Ibragimovich 2009-2011 yillar davomida "Barselona" tarkibida o'ynagan.

38 yoshli shved futbolchisining Kaliforniya klubi bilan tuzgan shartnomasi 2019 yil 31 dekabrda o'z yakuniga etadi.

Zlatan "Barselona" va "Los Anjeles Gelaksi"dan tashqari "Malmyo", "Ayaks", "Yuventus", "Inter", "Yuventus", "Milan", PSJ va "Manchester Yunayted" jamoalari sharafini himoya qilgan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/ESPNFC