Ibragimovich gollar urishda davom etmoqda

Mirjalol Normatov
22 sen 2019, 10:29
"Los-Anjeles Gelaksi" hujumchisi Zlatan Ibragimovich o'z hisobidagi gollari sonini ko'paytirishda davom etmoqda.

Futbolchi MLS doirasida "Monreal Impekt" jamoasiga qarshi uchrashuvda bir gol urdi va yana bir golga assistentlik qildi. Uchrashuv esa 2:1 hisobida yakunlandi.

37 yoshli shvetsiyalik futbolchi so'nggi 26 o'yinda 27 gol urdi va 5 golga assistentlik qildi. Ayni damda MLS to'purarlar ro'yxatini 29 gol bilan Karlos Vela boshqarib kelmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia